Andy Graham
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrew Graham | ||
Tavallud sanasi | 22-sentyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Glasgow, Shotlandiya | ||
Boʻyi | 1.85 m[1] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Alloa Athletic | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Glasgow Amateurs | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2010 | Stirling Albion | 133 | (10) |
2010—2011 | Hamilton Academical | 15 | (0) |
2011—2012 | Greenock Morton | 27 | (0) |
2012—2015 | Dumbarton | 102 | (6) |
2015—2016 | Ayr United | 25 | (2) |
2016 | Alloa Athletic | 145 | (11) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 30-aprel uchun) |
Andrew Graham (talaffuzi: Endryu Grem) (1983-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andy Graham „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Graham oʻzining faoliyatini yoshligida „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Shundan soʻng, u „Stirling Albion“, „Hamilton Academical“, „Greenock Morton“, „Dumbarton“ va „Ayr United“ futbol klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stirling Albion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andy Graham „Glasgow Amateurs“ futbol klubining yoshlar jamoasidan keyin „Stirling Albion“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilgan[2]. Uning „Stirling Albion“ futbol klubidagi ilk oʻyini 2005-yilning 30-iyulida „Ayr United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Andy Graham oʻzining klubdagi birinchi golini 2005-yilning 27-avgustida „Alloa Athletic“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[3]. Andy Graham oʻz faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan, ammo 2009—2010-yilgi mavsumda Stirling Albion.com saytida oʻng qanot himoyachisi sifatida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.
Hamilton va Morton
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Stirling Albion" futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Graham 2010—2011-yilgi mavsumda „Hamilton Academical“ futbol klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[4].
„Hamilton“ futbol klubidagi yillik shartnomasini tugatgandan soʻng, Andy Graham „Greenock Morton“ futbol klubi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan[5].
Dumbarton
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Greenock Morton" futbol klubidagi bir mavsumdan soʻng Graham klubni tark etgan va jamoadoshi Ross Forsyth bilan birga yaqin atrofdagi „Dumbarton“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. U klub safidagi birinchi golini 2012-yilning noyabrida „East Stirlingshire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2012—2013-yilgi mavsum oxirida Andy Graham „Dumbarton“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan. 2014-yilning may oyida Graham klub bilan yana bir yillik yangi shartnomaga rozi boʻlgan[7]. Andy Graham klubning asosiy jamoasi safida ketma-ket 83 ta oʻyinda maydonga tushgan[8].
Andy Graham „Raith Rovers“ futbol klubi bilan 2:2 hisobida durang oʻyinda klub safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan. Graham klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgach, 2015—2016-yilgi mavsum uchun klub bilan imzolagan shartnoma muddatini yangilagan[9][10]. Andy Graham 2015-yilning avgust oyida oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan[11].
Ayr United
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 27-avgustida Andy Graham „Ayr United“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[12]. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, u „Ayr United“ futbol klubini tark etgan[13].
Alloa Athletic
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 2-iyun kuni Andy Graham Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[14]. Hozirda u jamoa sardori hisoblanadi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra;
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Stirling Albion | 2005—2006 | Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi | 30 | 2 | 3 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 37 | 2 |
2006—2007 | 15 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 19 | 0 | ||
2007—2008 | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 26 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 29 | 0 | |
2008—2009 | Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi | 26 | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 29 | 3 | |
2009—2010 | 36 | 6 | 4 | 0 | 1 | 0 | 3 | 1 | 44 | 7 | ||
Jami | 133 | 10 | 11 | 0 | 7 | 1 | 7 | 1 | 158 | 12 | ||
Hamilton Academical | 2010—2011 | Shotlandiya Premyer ligasi | 15 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 17 | 0 | |
Greenock Morton | 2011—2012 | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 27 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 31 | 0 |
Dumbarton | 2012—2013 | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 30 | 2 | 2 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 35 | 3 |
2013—2014 | Shotlandiya chempionati | 36 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 43 | 2 | |
2014—2015 | 34 | 2 | 1 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 38 | 3 | ||
2015—2016 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | ||
Jami | 102 | 6 | 7 | 1 | 7 | 1 | 4 | 0 | 120 | 8 | ||
Ayr United | 2015—2016 | Shotlandiya Birinchi ligasi | 25 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 28 | 2 |
Alloa Athletic | 2016—2017 | Shotlandiya Birinchi ligasi | 34 | 4 | 2 | 0 | 6 | 1 | 6 | 0 | 48 | 5 |
2017—2018 | 33 | 3 | 2 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | 45 | 3 | ||
2018—2019 | Shotlandiya chempionati | 36 | 3 | 2 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | 46 | 3 | |
2019—2020 | 17 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 24 | 0 | ||
2020—2021 | 25 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 30 | 1 | |||
Jami | 145 | 11 | 8 | 0 | 22 | 1 | 18 | 0 | 193 | 12 | ||
Jami | 447 | 29 | 32 | 1 | 37 | 3 | 32 | 1 | 547 | 34 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andy Graham“ (inglizcha). alloaathletic.co.uk. Alloa Athletic F.C.. Qaraldi: 25-oktabr 2020-yil.
- ↑ RedWeb — Stirling Albions longest running unofficial website, player profile
- ↑ „Soccerbase Player Stats“. 2007-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2007-yil.
- ↑ „Hamilton sign Stirling's Graham“. BBC Sport (18-iyun 2010-yil). Qaraldi: 18-iyun 2010-yil.
- ↑ Tait, Chris. „Ton agree deals in double swoop“. Greenock Telegraph (18-may 2011-yil). Qaraldi: 20-may 2011-yil.
- ↑ „Andy Graham checks in“. Dumbarton F.C. (7-iyun 2012-yil). 2-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
- ↑ Findlay. „CAPTAIN COURAGEOUS SIGNS“. Dumbarton F.C. (16-may 2014-yil).
- ↑ „Dumbarton Terrace on Twitter: "That run of appearances by Andy took in EIGHTY THREE consecutive games in league and national cup competitions."“. twitter.com. 2015-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ Findlay. „THREE PLAYERS AGREE TERMS“. Dumbarton F.C. (16-may 2015-yil).
- ↑ Findlay. „SIGNING NEWS: CAPTAIN EXTENDS HIS DFC STAY“. Dumbarton F.C. (4-iyun 2015-yil).
- ↑ Findlay. „ANDY CALLS TIME ON SONS CAREER“. Dumbarton F.C. (22-avgust 2015-yil).
- ↑ „Andy Graham signs“. Ayr United F.C. (7-avgust 2015-yil). 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
- ↑ „Players released“. Ayr United F.C. (28-may 2016-yil). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2016-yil.
- ↑ „Graham moves from Ayr to Alloa“. SPFL (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-iyul 2019-yil.